16:33 / 06.05.2016
12993
Astronomlar: 5 may kuni Yer orbitasi yaqinidan 500 metrli asteroid uchib o‘tdi

5 may kunining ikkinchi yarmida Yer sayyorasiga nomsiz, 388945 indeksli ulkan asteroid yaqinlashib uchgan. Kichik osmon jismlari Xalqaro astronomik ittifoqi ma'lumotiga ko‘ra, bu osmon jismi Yer sayyorasidan 5 mln km masofadan uchib o‘tgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, bu osmon jismi Apollon asteroidlari guruhiga kiradi. Bu asteroid Santa-Katalin tog‘idagi Maunt-Lemmon observatoriyasida kashf qilingandi.

Uning diametri 160dan 490 metrgacha bo‘lib, u Yer uchun xavfli obektlar sirasiga kiritilgan. Bunday ro‘yxatgan kelajakda Yerga 0,05 astronomik birlikda (7,5 mln km) yaqinlashishi mumkin bo‘lgan osmon jismlari kiritilgan. Ro‘yxatga hajmi kamida 150 m va undan katta hajmga ega bo‘lgan osmon jismlari kiritilgan.

5 may kuni Yer yaqinidan uchib o‘tgan 388945 indeksli asteroid 13 soatu 8 daqiqa davomida Oy va Yer orasida sayyora uchun yaqin masofadan uchgan. Kelajakda u "insoniyat beshigi"ga yanada yaqinroq kelishi mumkin.

Mavzuga oid
Top