11:14 / 06.05.2016
4537

«Barselona» Hotam Bin Arfa uchun kurashga qo‘shildi

Fransiyaning «Nitstsa» klubi yarimhimoyachisi Hotam Bin Arfa Kataloniyaning «Barselona» klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. 

France Football nashri bergan xabarga ko‘ra, kecha 29 yoshli fransuz futbolchichisi «Barselona» vakillari ishtirokida dastlabki muzokaralar olib borilgan

Tomonlar tez orada yana bir marotaba uchrashib olish va muzokaralarni davom ettirish bo‘yicha kelishib olgan. 

Bin Arfa «Nitstsa» bilan amaldagi shartnomasi keyingi yil yozda yakuniga yetadi. Futbolchining jamoa bilan shartnomani uzaytirishi katta so‘roq ostida turibdi. Sababi futbolchi kelgusi mavsumda chempionlar ligasida ishtirok etishni istamoqda. 

Futbolchiga shuningdek, «Bavariya», «Chelsi», «Liverpul», «PSJ» va «Atletiko» klublari ham qiziqish bildirgan.

Mavzuga oid
Top