19:13 / 06.05.2016
8128

Hind maxsus xizmatlari Pokiston bilan davlat chegarasida 14 mln dollarlik geroinni ushlab qoldi

Hind maxsus xizmatlari qora bozordagi narxi 14 mln dollar turadigan geroinni Pokistonning Panjob shtatidan Hindiston shimoli-g‘arbiga o‘tkazishga urinish vaqtida ushlab qolishdi, deb xabar qilmoqda Hindiston chegara kuchlari rasmiy vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, kontrabanda jo‘natmasi Firozpur sektorida qo‘lga olingan.

"Chegara otryadi murakkab relefli joydagi xavfsizlik to‘sig‘ida shubhali harakatni sezgach, tekshirish uchun borgan chegarachilar kontrabandachilarning yashirin tuynugini aniqlashgan va unda har biri 1 kg dan 18 dona paketga joylangan tozalangan geroinni qo‘lga kiritishgan, ammo jinoyatchilarning o‘zlarini hibsga olishning imkoni bo‘lmagan".

"Musodara qilingan o‘tkir giyohvand moddaning xalqaro qorabozordagi qiymati kamida 900 mln rupiy (14 mln dollarga yaqin)", - deb qo‘shimcha qilgan chegara xizmati vakili.

Mavzuga oid
Top