20:26 / 06.05.2016
21276

Toshkentdagi "Yunusobod Oqtepa" jome masjidiga yangi imom-xatib tayinlandi

Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi “Yunusobod oqtepa” jome masjidiga Mirsodiqov Ziyovuddin Raximovich 2016 yil 6 maydan e'tiboran imom-xatib vazifasiga tayinlandi.

Mirsodiqov Ziyovuddin ko‘p yillardan buyon diniy sohada faoliyat olib bormoqda. U Toshkent viloyatidagi “Tursunmat qori”, “Eski Toshkent”, Andijon viloyatidagi “Jiddai Muborak” kabi jome masjidlarda imom-xatib vazifalarida ishlagan. 

Shuningdek, Andijon viloyatidagi “Sayid Muxyiddin Maxdum” o‘rta maxsus islom bilim yurtida mudiri vazifasida samarali mehnat qilgan. 
Hozirda Toshkent shahridagi “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti mudiri vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda. 
Mirsodiqov Ziyovuddin domlaning kelgusidagi ishlariga Alloh taolodan muvaffaqiyatlar tilaymiz, deb yozadi O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb portali.

Top