11:04 / 06.05.2016
5799

«Vilyarreal» bosh murabbiyi: «Kloppga o‘xshashni istamas edim»

«Vilyarreal» jamoasi bosh murabbiyi Marselino Garsiya Toral Yevropa ligasi yarimfinalida «Liverpul»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:3) fikrlarini bildirib o‘tdi. Ispaniyaliklar jamoasi 1 hafta oldingi uchrashuvda g‘alaba qozongan bo‘lsada, ikki uchrashuv hisobiga ko‘ra, turnirni tark etdi.

«Liverpul» futbolchilari juda qo‘pol o‘ynashdi. «Vilyarreal» o‘yinchilari hujum boshlaganlari zahoti ularning oyog‘iga tepa boshlashdi. Hakamlar ham xolis bo‘lishdi deya olmayman.

Klopp - ajoyib murabbiy. U haqida boshqa hech narsa demayman. Ammo men Kloppga o‘xshashni istamas edim», — deya Marselinoning so‘zlarini keltiradi Sky Sports nashri.

Mavzuga oid
Top