13:51 / 07.05.2016
18187

«AQSh go‘zali» nomiga sazovor bo‘lgan qiz o‘z e'tiqodini o‘zgartirdi

Asli kelib chiqishi livanlik bo‘lgan islom diniga e'tiqod qiluvchi Rima Fakix nikohi uchun nasroniylikni qabul qildi. Rima 2010 yilda «AQSh go‘zali» unvonining sovrindoriga aylangan. Bu haqida Fox News telekanali xabar beradi.

Christian Today bergan ma'lumotga ko‘ra, Fakix aprel oyida taniqli musiqa prodyusseri Vassim Salibi bilan to‘y marosimlariga tayyorlanib yurgan kezlari nasroniylik dinini qabul qilishga qaror qilgan. Go‘zallik malikasi o‘z e'tiqodini bo‘lajak turmush o‘rtog‘ining talabi bilan o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Nikoh marosimi keyingi xafta Livanda o‘tkaziladi.  

Detroytda iste'qomat qiluvchi Rima Fakix «AQSh go‘zali» tanlovida g‘olib bo‘lgan birinchi musulmon qiz bo‘lgan. U tanlovda tug‘ilib o‘sgan maskani – Michigan shtati nomidan ishtirok etgan. G‘alabadan so‘ng, Fakix birinchi o‘rinda o‘zini amerikalik deb hisoblashini, keyin esa livanliklar vakili hamda musulmon ekanligini qayd etib o‘tgan. 
 

Top