17:49 / 07.05.2016
6132

Eron neft qazilmasini muzlatishga rozi bo‘ldi

Eron neft qazib olishni muzlatish bo‘yicha olib borilayotgan rejaga qo‘shilishini ma'lum qildi. Bu haqda Eron milliy nefti bo‘yicha xalqaro aloqalar kompaniyasi direktori Muhsin Kamsariy ma'lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat neft qazib olish bo‘yicha kerakli natijaga erishgan.

Kamsariyning ma'lum qilishicha, bugungi kunda mamlakatda bir kunda 4,2 million barrel neft qazib olinmoqda. Bu mamlakat neft vaziri Bidjan Zangane tavsiya etgan natijadir.

Eron xalqaro neft bozoriga kirgach, neftning qiymati keskin tushib ketdi. Uning barreli 30 dollar etib belgilangan vaqtlar ham bo‘ldi. Ammo joriy yilning fevral oyidan boshlab, uning narxi osha boshladi. Ayni damda neftning Brent turi narxi 45 dollar deb belgilangan.

Top