00:00 / 07.05.2016
3518

Irlandiya bosh vaziri ikkinchi muddatga qayta saylandi

Yangi chaqiriqdagi Irlandiya parlamenti deputatlari mamlakatning amaldagi bosh vaziri Enda Kennini ikkinchi muddatga qayta saylashdi.  

Fine gel o‘ng sentristik partiya yetakchisi hisoblanadigan Kenni oxirgi ikki oy ichidagi 4-urinishdan keyingina qonun bo‘yicha zarur bo‘lgan miqdordagi deputatlar ovozini to‘play oldi. Bunga Fianna foyl liberal-konservativ partiyasi bilan martdan beri "vakolatini vaqtinchalik bajaruvchi" sharti bilan ishlashga majbur bo‘lgan Kenni boshchiligidagi kamchilik hukumatini shakllantirish bo‘yicha erishilgan murosa evaziga erishildi. Kenni qisqa muddatlarda vazirlar mahkamasini shakllantirishga va'da berdi. Kutilishicha, uning tarkibiga bir nechta mustaqil deputatlar kiradi.     

26 fevraldagi parlament saylovlariga ko‘ra, Fine gel partiyasi parlamentda eng ko‘p o‘rin oldi. Partiya hozir 50 ta mandatga ega. Parlamentga 158 deputat kiradi. Yangi parlament tarkibida soni bo‘yicha 2-o‘rinni Fianna foyl egallamoqda. U 44 ta o‘ringa ega. 3-o‘rinni 23 ta o‘rin bilan Shinn partiyasi egallamoqda. Qolgan mandatlar kichikroq siyosiy kuchlar va mustaqil nomzodlar o‘rtasida taqsimlangan.

Top