10:38 / 07.05.2016
8411

O‘zbekistonda 2 ming dollarga bola sotayotgan ikki ayol qo‘lga olindi

O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari yaqin tug‘ilgan qiz chaqaloqni 2 ming AQSh dollariga pullayotgan ikki ayolni qo‘lga oldi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, farg‘onalik 52 yoshli Maxfiratxon Yuldasheva hamda andijonlik 57 yashar Odinoy Haqqulovalar yangi tug‘ilgan chaqaloqni sotib yuborishni rejalashtirishgan. 

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Yuldasheva chaqaloqni 2 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Ularga nisbatan JKning “Odam savdosi” moddasi bilan ayblov e'lon qilingan.

Top