11:47 / 09.05.2016
3367

Xitoydagi qurilish maydonida ro‘y bergan yer ko‘chkisi qurbonlari soni ortdi

8 may kuni Xitoyning Taynin uyezdidagi (Sharqiy Xitoy, Futszyan viloyati)  qurilish maydonchasida yuz bergan yer ko‘chkisi tufayli qurbon bo‘lganlar soni 19 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda China News Service xabar bergan.

Dastlabki xabarlarda bu hodisa tufayli 8 kishining o‘limi qayd etilgani haqida xabar berilgandi. Yana 25 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Yer ko‘chkisi 8 may kuni ertalabki payt kuchli yomg‘irlar oqibatida sodir bo‘ldi. 100 ming kub metr loy va tog‘ jinsi mahalliy gidroelektrostansiyasining qurilish maydonchasiga qoya bo‘ylab pastga o‘pirilib tushgan hamda ishchilar tunayotgan turar-joy va ma'muriy binoni bosib qolgan.

Hududda qutqaruvchilar va politsiya vakillari ish olib borishmoqda.

Mamlakat rahbari Si Tszinpin jabrlanganlarga yordam berish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. U shuningdek, shunga o‘xshash hodisalarning iloji bor qadar takrorlanmasligini ta'minlash uchun tegishli tekshiruvlar o‘tkazish bo‘yicha mas'ul amaldorlarga vazifa yuklagan.

Mavzuga oid
Top