09:09 / 09.05.2016
12113

Krasnoyarskda qor yog‘di

Krasnoyarsk o‘lkasi hududi 9 may kuni kuchli qor yog‘ini ostida qoldi. Mahalliy nashrlar tarqatgan suratlarga ko‘ra, o‘lka ma'muriyati binosi joylashgan hudud ham qor bilan qoplangan.

Qayd etilishicha, qor 9 may kuniga o‘tar kechasi yog‘a boshlagan. Ko‘chalarda me'yoridan ortiq sovuq harorat qayd etilgan.

Krasnoyarsk shahridagi maxsus xizmatlar favqulodda vaziyatlarga shay qilib qo‘yilgan.

Sinoptiklarning ma'lumotlariga ko‘ra, hududda 9 may kuni kunduzi +2 °C, kechasi esa -6°C harorat bo‘lishi kutilmoqda.

10 may kuni ham qor yog‘ishi davom etishi mumkinligi aytilgan.

Mavzuga oid
Top