16:35 / 09.05.2016
26316

UFC chempioni: “Men Ramazon oyida jang qilmayman”

Jangovar sambo bo‘yicha ikki karra jahon chempioni, ayni vaqtda yengil vaznda professional UFC (qoidasiz jang) janglarida qatnashayotgan Habib Nurmagomedov Ramazon oyida hech qanday jang o‘tkazmasligini ta'kidladi.

U ayni vaqtda professional UFC da 23ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. Shundan sakkizta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Habib ayni vaqtda jarohati sabab musobaqalarda qatnashgani yo‘q. Shifokorlar uning iyun oyida tiklanishini ta'kidlashgan, lekin u bu vaqtda jangga tushmoqchi emas.

“Iyunda jang qilish imkoniyati bor, lekin men Ramazon oyi vaqtida jang qilmayman. Bu oy men uchun har qanday mukofot yoki jangdan ustun. Ko‘pi bilan sentabrda sportga qaytaman”, deydi Nurmagomedov.

O‘tkir Jalolxonov tayyorladi

Mavzuga oid
Top