20:40 / 10.05.2016
5315

AQShda 50 yil qochoqlikda yurgan mahbus tutildi

AQSh marshallar xizmati 50 yil avval qamoqxonadan qochib ketgan Robert Ye. Stakovits ismli mahbusni ushlashdi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

Stakovits o‘g‘irlik uchun jazo o‘tayotgan Jorjiya shtatidagi turmadan 1968 yilda qochib ketgan. Hukumat jinoyatchining o‘ylab topilgan ismini bilishgach, uning joylashgan o‘rnini aniqlashgan.

"So‘ngra tergovchilar o‘ylab topilgan ism bilan bog‘langan Konnektikut shtatida joylashgan Sherman shahridagi manzilni aniqlashgan", deyilmoqda marshallar xizmati bayonotida. Shundan keyin xizmat xodimlari Stakovitsni hech qanday ko‘ngilsizlik bilan ushlashgan.  

Hozirda qochoq Konnektikut turmasida ushlab turilibdi. Taxmincha, u ortga – Jorjiyaga yuborilishi mumkin.

Top