08:30 / 10.05.2016
5521

Davlat mablag‘larini o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan MChJ rahbari qo‘lga olindi

Shofirkonlik Hamid Parpiyev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) “Qurilish plyus” mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Ammo u jinoyatchilikka qo‘l urdi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

2013 yilning dekabr oylarida Buxoro viloyat hokimligi huzuridagi yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi hamda H.Parpiyev rahbarlik qilayotgan MChJ o‘rtasida 849 mln. 120 ming so‘mlik shartnoma imzolandi. H.Parpiyev bu ishlarga qurilish mahsulotlarini sarflashda ko‘zbo‘yamachilik qiladi. Ya'ni, ta'mirlash ishlarida shartnomada ko‘rsatilgan m'yordan kam miqdorda qurilish mollari sarflab, shartnoma shartlarini buzadi. U hisobaotlarga soxta ma'lumotlar kiritib, 37 mln. 480 ming so‘m davlat mablag‘larini o‘zlashtirib olmoqchi bo‘lgani fosh etildi.

Mazkur holat bo‘yicha, sud tomonidan H.Parpiyevga nisbatan tegishli huquqiy choralar ko‘rildi.

Top