00:04 / 10.05.2016
45386

Messi: "Barselona" "Real" hech narsa yutmasligini istaydi"

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Real" tomonidan mavsumda bir nechta unvon olinishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Ayonki, "Barselona"dagi odamlar "Real" hech qachon hech narsa yutmasligini istaydilar. Ular esa bizga buni tilaydilar. 

"Real" yana Chempionlar Ligasi finalida o‘ynaydi, biz esa o‘z ishimiz haqida o‘ylashimz kerak. Ispaniya kubogini yutsak yomon bo‘lmasdi, biroq buni amalga oshirish oson emas.  

Biz  "Real", "Atletiko", "Sevilya" va "Villyareal" bilan raqobatlashmoqdamiz. Bu jiddiy klublar, shuning uchun biz bundan huzur olishni o‘ylashimiz kerak", deb Messi aytgan so‘zlarni keltirib o‘tdi As nashri.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" Ispaniya chempionati yakunlanishiga bir tur qolganda "Real"dan 1 ochko oldinda borib, peshqadam bo‘lib qolmoqda. "Real" 28 mayda Chempionlar Ligasi finalida "Atletiko" bilan uchrashadi. "Barsa" esa 21 mayda Ispaniya kubogi finalida "Sevilya" bilan bellashadi.

Top