16:08 / 10.05.2016
3536

Xiaomi eng katta Mi Max smartfonlarini taqdim etdi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Mi Max smartfonlarining eng kattasini rasmiy namoyish qildi.

Qurilmaning asosiy xususiyatlari - barmoq izlari skaneri, 16 Mp.li kamera, metall korpusi va Qualcomm Snapdragon 650 protsessori. Smartfonning bahosi - 230 dollar. Qurilma 4850 mAch hajmli akkumulyatorga ega.

Mi Max ekranining o‘lchami 6,44 dyuym bo‘lib, kompaniya vakillari tadqiqotlarga ko‘ra, bu eng optimal ekran o‘lchami hisoblanadi. Yangi smartfonning o‘lchami iPhone 6s'dan 87 foizga hamda   6s Plus'dan 37 foizga ko‘p.

Smartfon uch xil rangda sotuvga chiqadi: kumushrang, tillarang va kulrangda.

Top