07:09 / 11.05.2016
6583

15 yoshli maktab o‘quvchisi mayya hindularining yo‘qolgan shahrini topdi

Kanadaning Kvebek shahrida yashovchi 15 yoshli maktab o‘quvchisi Uilyam Gaduri olimlar tomonidan avval topilgan mayya hindulari shaharlarini o‘rganib chiqib, uni yulduzlar xaritasi bilan taqqoslab, hindular o‘z shaharlarini yulduzlar turkumlariga mos ravishda qurishgani haqidagi fikrga keldi.

"Men yulduzlur turkumlarining proyeksiyasi mayyaning 117 shahri o‘rni bilan mos kelishini aniqladim", deb aytdi maktub o‘quvchisi.

Shu bilan birga o‘quvchi yana bir xususiyatni aniqladi. O‘smirning aytishicha, u yulduzlarni yaxshilab o‘rganganda, uchta yulduzdan tashkil topgan yulduzlar turkumiga ikkita hindular shahri o‘rni mos kelganini aniqlagan. O‘smir uchinchi shahar olimlar tomonidan hanuzgacha ochilmagan, degan taxminga kelib, Kanada koinot agentligiga (KKA) yordam so‘rab murnojaat qilgan. U tegishli koordinatalar bo‘yicha sun'iy yo‘ldoshlardan olingan fotosuratlarni ko‘rsatishni iltimos qilgan.

"Biz Uilyamga u so‘ragan suratlarni taqdim qilganimizda suratlardagi ba'zi tuzilmalar haddan tashqari to‘g‘ri geometrik shakllarga ega ekanligini aniqladik. Ehtimol bu junglilar bilan yashiringan shahardagi piramida bo‘lishi mumkin degan fikrga keldik", deb aytmoqda KKA vakili Daniel de Lil.

So‘ngra olimlar bola bilan birga u tomondan aniqlangan joyda piramida va 30 ta inshoot borligini aniqlashdi. Shu munosabat bilan yaqin orada Markaziy Amerika jungli o‘rmonlariga ekspeditsiya yo‘l olishi mumkin. Joyni ochgan o‘quvchining o‘zi ham bu ekspeditsiyada ishtirok etishi mumkin.

Uilyam bu shaharni K'aak Chi, ya'ni "Olovli og‘iz" deb atashga qaror qildi.

Top