00:04 / 11.05.2016
4536

Afg‘onistonda portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda terrorchi-xudkush Nangorxor viloyatida avtomobilni portlatib yubordi, oqibatda kamida 10 kishi halok bo‘ldi, yana 23 kishi yaralandi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda

Ta'kidlanishicha, portlash hukumat tomon yetakchi Malik Dehqon uyi yonida yuz bergan. Halok bo‘lganlar orasida 2 bola ham bo‘lgan.

Hozircha hech bir terrorchilik guruhi portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

Top