12:17 / 11.05.2016
6558

Xitoy brendlarning qalbakisini ishlab chiqarish borasida yetakchilik qilmoqda

Qimmatli kiyim-kechak va aksessuarlarni ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarining qalbakilashtirilishi oqibatida juda katta ziyon ko‘rmoqda. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (Organisation for Economic Co-operation and Development, OECD) ma'lumotlariga ko‘ra, 2013 yilda 461 mlrd. Dollarlik yoki butun jahondagi import hajmining 2,5 foizrni tashkil etuvchi qalbaki mahsulotlar chiqarilgan. Bunday mahsulotlar chiqarish borasida Xitoy so‘zsiz yetakchilik qilmoqda (63 foiz). Qalbakisi chiqadigan eng mashhur brend Nike bo‘lib qolmoqda. Nega qalbaki mahsulotlar bunchalik ommalashmoqda, degan savolga mutaxassislar, ularning iste'molchilar tomonidan yaxshi “kutib olinayotganida”, deb ta'rif berishgan.

Bu borada iste'molchilar ikki guruhga bo‘linadi: birinchi guruhdagi xaridorlar bu kabi mahsulotlarni bozorlardan, internet-do‘konlardan sotib olishadi va mahsulot ishlab chiqirilishi haqida noto‘g‘ri ma'lumotga ega bo‘lishadi. Ikkinchilari esa o‘zlari bila turib, ana shunday mahsulotlarni xarid qilishadi.

Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, qalbaki ite'mol mahsulotlaridan eng ko‘plari alkogol, sigaret va bolalar ozuqasiga to‘g‘ri keladi. Texnik mahsulotlardan Apple va Vertu gadjyetlari ko‘proq qalbakilashtiriladi.

Tiffany & Co., Bulgari, Cartier, Pomellato, Chopard kompaniyalarining qimmatbaho taqinchoqlari hamda Marni, Chanel, Lanvin, Alexander McQueen kompaniyalarining bijuteriya mahsulotlari engg ko‘p qalbakilashtiriladigan markalar, deb topilgan.

Top