00:07 / 11.05.2016
27134

Hindistonlik erkak 43 yildan beri qo‘lini yuqoriga ko‘targan holda yashab kelmoqda

Amar Bxarati 43 yildan beri qo‘lini yuqoriga ko‘targan holda yashab kelmoqda. U ruhiy e'tiqod yo‘liga kirishidan avval Yangi Dehlida kotib bo‘lgan va atrofdagilar uni Maxant Amar Bxarti Ji deb chaqirgan. 1973 yilda u Shiva hudosi sharafiga qo‘lini yuqoriga ko‘taradi va shundan buyon og‘riq, deformatsiyalarga qaramay, qo‘lini pastga tushurmadi. 

Oradan shuncha vaqt o‘tib, uning qo‘li teri bilan qoplangan foydasiz suyakka aylanib qolgan, tirnoqlar esa hech kim olib tashlamagani uchun qalinlashib, qiyshayib ketgan. Qo‘l esa deyarli tik holatda butunlay ozib ketib, shol bo‘lib, muzlab qolgan. 

Sadxu (rohib)ga aylanishdan avval Amar Bxarati hindiston o‘rta qatlamining oddiy vakili sifatida o‘z oilasi va ishiga ega bo‘lgan. Biroq bir kuni tongda u bularning barchasi hech qanday ahamiyat kasb etmasligini tushunib yetadi. Amar bor narsasidan voz kechib, qolgan umrini hindlarning Shiva hudosi uchun bag‘ishlashga qaror qildi.

Uch yildan so‘ng, 1973 yilda u o‘zini hanuz dunyo vasvasalariga bog‘liqligini anglab yetdi va ulardan halos bo‘lish maqsadida qo‘lini tik ko‘targanicha yashay boshladi. 

Ba'zi manbalarda qayd etilishicha, Amar Bxaratiga urush yillari va o‘zaro dushmanliklar juda og‘ir botgan va u olam ustidan qo‘lini tepaga ko‘tarishga qaror qildi. Rohib Amar Bxarati Xaridvar shahridagi Kumbxa-mela haj urf-odatlariga katta hurmat bilan qaraydi. 

Xaridvardagi Maxa-kumbxa-mela — dunyodagi eng yirik diniy marosimlardan biri. Amar Bxarati boshqa sadxularni ham tinchlik va totuvlik uchun qo‘llarni ko‘tarishga da'vat etdi. Ularning ba'zilari 7, 13 va hattoki 25 yildan beri qo‘llarini ko‘tarib kelmoqda.

Intervyularning birida sadxu Amar Bxaratining ta'kidlashicha, uning ruhiy holati insonlar o‘z yaqinlarini yo‘q qilayotgan zamonaviy dunyoga nisbatan adovat bilan qarashga qaratilgan bo‘lib, rohib uchun eng muhim narsa — tinchlik va totuvlikda yashashdir.

 Amardan doimiy ko‘tarib turgan qo‘li og‘riq berishi haqida so‘ralganida, u kuchli og‘riq bo‘lsa ham bunga o‘rganib ketganini qayt etdi. 

Amar Bxarati ko‘plab avliyolar bajargan ishni qilayotgani va ularning an'analarini davom ettirayotganini tushuntirib o‘tdi. Hindistonda bu «urdxaman tapasya» deb nomlanib, bu so‘z rohiblar o‘z tanasining biron bir qismini hudo uchun bag‘ishlashini anglatadi.

Amar Bxarati 43 yil davomida qo‘lini yuqoriga ko‘targan holda yashab kelayotganini isbotlovchi hech qanday hujjat bo‘lmasa-da, u e'tiqod yo‘lida g‘ayrioddiy ishlarni amalga oshiradi, masalan, turgan holatda uxlaydi yoki uzoq vaqt tikka turadi. Hindistonda 70 yildan buyon hech narsa ichmay va iste'mol qilmay kelayotgan avliyo Praxlad Jani ham yashaydi. Uning bu holati shifokorlar tomonidan tekshirilgan va tasdiqlangan. 

Top