23:55 / 11.05.2016
7660

Hindistonlik musiqachi pianino chalish tezligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatish niyatida

Eng uzoq vaqt pianinoda musiqa chalish bo‘yicha Ginnes rekordi sohibi, o‘n to‘qqiz yoshli hind musiqachisi Mrityunjay Sharma (Mrityunjay Sharma) dunyodagi eng tez pianinochi nomini olishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi IANS axborot agentligi. 

“Hozirgi rekord 765 klavishani bir daqiqada bosa olgan vengriyalik Bens Piterga (Bence Peter) tegishli. Men juda katta ko‘rsatkichga erishishni maqsad qilmadim, ammo u shunday bo‘lishi kerakki keyingi rekordni o‘rnatish juda qiyin bo‘lsin”, - deydi musiqachi.

Hindistonlik musiqachi 2015 yilda yoshi katta va tajribali raqibi polshalik Romuald Koperskiyning rekordidan o‘zib ketgan. Romuald 103 soat davomida musiqa ijro etgan bo‘lsa, Sharmaning ko‘rsatkichi 127 soatni tashkil etgan va ajoyib musiqiy marafonni amalga oshira olgan.

Top