22:13 / 11.05.2016
4639

IShID nazoratidagi hududlarga kichik qayiqda suzib bormoqchi bo‘lgan 5 nafar avstraliyalik to‘xtatib qolindi

Avstraliyaning Kvinslend shtatida IShID nazorati ostida bo‘lgan hududlarga okeanlar suvlarini kichik qayiq orqali suzib o‘tib bormoqchi bo‘lgan 5 kishi to‘xtatildi va qo‘lga olindi. Bu haqda 11 may kuni BBC News xabar tarqatgan.

Avstraliya radioeshittirishlar korporatsiyasi ma'lumotiga ko‘ra, qo‘lga olinganlardan biri taniqli targ‘ibotchi Musa Cherantonio. Undan tashqari 2015 yilda Melburn radiosi orqali mamlakatdan ketishni istayotgani, ammo hukumat pasportini olib qo‘ygani uchun chegaralardan chiqa olmayotganidan shikoyat qilgan Qodir Qoya. Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, qo‘lga olinganlarning hech birida pasport bo‘lmagan, ularning pasportlari avvalroq mamlakatdan chiqib keta olmasligi uchun olib qo‘yilgan bo‘lgan.

Huquq-tartibot organlari ma'lumotiga ko‘ra, bu shaxslar qayiq orqali avvaliga Indoneziya hududiga suzib bormoqchi bo‘lishgan, undan Filippinga va keyin Suriyaga.

"Ular Melburndan Kvinslendga suzishgan. Ular mamlakatni yashirincha tark etishga qaror qilishgandi", degan politsiya vakili jurnalistlarga.

Top