19:57 / 11.05.2016
8083

Kann – 2016: qizil yo‘lakdagi chehralar, hayajonlar, umidlar

Ushbu kinofestivalning navbatdagi taqdimoti o‘zining mashhur nomlari bilan boshqalaridan tubdan ajralib turadi. Unda rejissyorlar Jim Jarmush, Pedro Almodovar, Pak Chxan-uk, Pol Verxuvenlarni uchratish mumkin. Mukofot oladiganlar ro‘yxatida ushbu kinotaqdimotning doimiy qatnashchilari bo‘lmish aka-uka Dardenlar, Ken Louch, Nikolas Vinding Ryofn, Ksave Dolan, ruminiyalik rejissyorlar Kristian Munjiu va Kristi Puyyular bor.

“Telba Maks” rejissyori bo‘lmish Jorj Miller boshchiligidagi hakamlar ha'yati bu safar nomzodlarni tanlashda qattiqqo‘llik qilishi ko‘zda tutilgan. Eng qizig‘i, rejissyor Jim Jarmush bu gal birdaniga ikkita kartina: qora komediya janriga asoslangan "Patterson" va The Stooges pank-rok yo‘nalishida ijod qiluvchi guruh asoschisi Iggi Pop haqida ishlangan hujjatli filmlari bilan qatnashmoqda.

Shon Penn qachonlardir bu festivalda “U latofatli” filmidagi roli uchun mukofot olgan edi. 2000 yilda o‘zining rejissyorlik ishi bo‘lmish “Va'da” filmi bilan qatnashgandi.

Shundan so‘ng Penn rejissyor sifatida 10 yil jim bo‘lib ketdi. Va nihoyat bu yilgi kinotaqdimotda o‘z filmi bilan ishtirok etmoqda. Uning ijtimoiy va sevgi dramatizmiga asoslangan va Xaver Bardem, sharliz Teron va Jan Reno ishtirok etgan “So‘nggi chehra” Kann-2016 da taqdim etiladi.
Taqdimot doirasida Jodi Foster o‘zining kriminal dramasi “Moliyaviy maxluq” bilan qatnashmoqda. Unda Jorj Kluni hamda Juliya Roberts ishtirok etgan.

 

Kanndagi ayollar

70 yashar fransuz aktrisasi Nikol Garsiya butun karerasi davomida aktrisa sifatida ijod qilgan bo‘lsa-da, ammo uni rejissyor sifatida mashhurligini Kann festivali ta'minlab bergan. U bu yilni ham hisobga olib aytiladigan bo‘lsa, to‘rtinchi bor rejissyorlik ishi bilan qatnashmoqda. Undan tashqari, festivalda yana ikki nafar ayol rejissyor o‘z ijodi bilan ishtirok etmoqda. Ya'ni, germaniyalik Maren Edni alohida e'tirof etsa bo‘ladiki, u Germaniya tarixida festivalda qatnashgan ilk ayol rejissyor sifatida qatnashmoqda.

 

Spilberg yana qizil yo‘lakda

Festivalda Stiven Spilbergni yana bir bor uchratish mumkin. U bu yerga 1974 yildan beri kelmayotgan edi. O‘shanda rejissyor o‘zining “Shugarlend ekspressi” kartinasini taqdim etgan edi.

Uch yil avval Spilberg hakamlar ha'yatiga raislik qilgan edi. Bu safar rejissyor o‘zining yangi filmi – bolalar uchun mo‘ljallangan “Ulkan va mehribon mahluq” kartinasi bilan ishtirok etmoqda.


Xayao Miyadzaki vasiyati

Uch yil muqaddam butun jahonda o‘z auditoriyaga ega yapon rejissyor-animatori Xayao Miyadzakening muxlislari motamda edi. Chunki ularning kumiri kino olamidan ketishi haqida e'lon qilgan edi.

Ammo uning studiyasi bo‘lmish Ghibli Xayaoning ishini davom ettirdi va festivalda “Asosiy qarash” kartinasi bilan qatnashmoqda. Ushbu loyiha “Oskar” taqdimotini qo‘lga kiritgan gollandiyalik rejissyor Maykl Dadok de Uit va fransuz rejissyorlar bilan amalga oshirilgan.

Jonni Deppning qizalog‘i

Festivalda, shuningdek, taniqli aktyor Jonni Deppning 16 yoshli qizi Lili-Rouz Melodi Depp  rol ijro etgan “Raqqosa” filmi ham qatnashmoqda. U kartinada Aysedora Dunkan rolini ijro etgan.

Bir so‘z bilan aytganda, bu yil o‘tadigan Kann festivali kino olamida katta shov-shuv bo‘lishi kutilmoqda. Kinosevarlar uchun bu kunlar zerikarli o‘tmaligi tabiiy.

Sarvar Anvar o‘g‘li tayyorladi

Top