16:33 / 11.05.2016
3151

Kannda 69-xalqaro kinofestivali ish boshlamoqda

11-22 may kunlari davomida bo‘lib o‘tadigan 69-xalqaro Kann festival dasturi o‘z ishini boshlash arafasida turibdi. 

Nomlariga qaraganda, festivalning asosiy tanlovi bu yil juda hayajonli bo‘lishi kutilmoqda. Pedro Almodovar, Jim Jarmush, Ken Louch, Pol Verxuven, Jan-Per hamda Lyuk Dardenna va hatto Shon Penn ham festivalga o‘zlarining yangi filmlarini olib kelishgan. 

Hakamlarga bu yil avstraliyalik rejissyor, “Aqldan ozgan Maks. G‘azab yo‘lagi” blokbasteri muallifi Jorj Miller boshchilik qiladi. 

Kann festivali bugun – 11 may kuni Vudi Allenning Jyessi Ayzenberg va Kirsten Styuart ishtirokidagi “Chiroyli odamlar” kartinasi premerasi bilan boshlanadi. 

Asosiy izzat-ikromga Klod Lelushning “Erkak va ayol” filmi sazovor bo‘lishi mumkin Film roppa-rosa 50 yil avval birinchi marta Kann festivalida namoyish etilgan va “Oltin palma novdasi” mukofotiga loyiq ko‘rilgandi.

Top