09:35 / 11.05.2016
2690

Lui van Gaal: «Biz hali ham kuchli to‘rtlikka kirish uchun imkoniyat saqlab turibmiz»

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gaal «Vest Hem»ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan keyin fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz juda ranjidik, axir hisobda oldinda boraturib yutqazib qo‘ydik. Standart vaziyatlar barchasini hal qildi. Bunday o‘yindan keyin hech qaysi murabbiy qoniqish bildirmaydi, o‘yinning 70-daqiqasida hisobda oldinda borayotgan bo‘lsang, yaxshisi to‘pga egalik qilib, maydonning bo‘sh qismlaridan foydalanish kerak edi.

Avtobusga hujum qilinganimi? Biz professionallarmiz va shunday dunyoda yashaymiz. Biz bunday vaziyatlar bo‘lishi mumkinligini oldindan hisobga olamiz va bunday vaziyatlar bizni izdan chiqarmaydi. Bu voqea o‘yinga ta'sir ko‘rsatgani yo‘q, axir biz o‘yinning 70-daqiqasigacha g‘alaba qilayotgandik.

O‘ylaymanki, bizda hali kuchli to‘rtlikka kirish uchun imkoniyat saqlanib turibdi. Lekin YeChLga yo‘llanma olishimiz boshqa o‘yinlardagi natijalarga bog‘liq bo‘lib qolmoqda», — deydi van Gaal.

Ta'kidlash joiz, o‘yin oldidan van Gaal muxlislarning avtobusga hujumi futbolchilarga ta'sir qilishi mumkinligini aytgan edi.

«Vest Hem» muxlislari «Manchester Yunayted» futbolchilari avtobusiga hujum qilishdi

Top