17:27 / 11.05.2016
3522

"Pianist" va "Vampirlar bali" filmlari prodyuseri Jin Gutovski hayotdan ko‘z yumdi

"Pianist" va "Vampirlar bali" filmlari prodyuseri Jin Gutovski 90 yoshida vafot etdi. Bu haqida  Associated Press agentligi xabar berdi. 

Gutovskining o‘g‘li otasining Varshavadagi shifoxonalardan birida pnevmoniyadan vafot etganini ma'lum qildi. 

Prodyuserga rejissyor Roman Polanski bilan hamkorligi katta muvaffaqiyat keltirdi. 1960 yillarda u "Nafrat", "Boshi berk ko‘cha" va "Vampirlar bali" filmlariga prodyuserlik qilgan. 2000 yillarda Gutovski yana Polanski bilan hamkorlik qildi - navbatdagi muvaffaqiyatli loyiha "Pianist" lentasi bo‘ldi. 

Polanski bu prodyuserni hayotidagi eng muhim insonlardan biri deb atadi.

Gutovski - polshalik-yahudiylar oilasidan bo‘lib, Lvovda tug‘ilgan. U Ikkinchi jahon urushi davrida ota-onasi va yaqinlaridan judo bo‘ldi. 1947 yilda Gutovski AQShga ko‘chib ketadi.

Prodyuserning turmush o‘rtog‘i, uch o‘g‘li, to‘rt nevarasi va uch evarasi bor.

Top