08:57 / 11.05.2016
5430

Sergey Lazerev "Yevrovideniye" finaliga chiqdi

Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahrida “Yevrovideniye” xalqaro musiqiy tanlovida Rossiya sharafini himoya qilayotgan qo‘shiqchi Sergey Lazerev  final bosqichiga chiqdi.

Rossiyalik artist tanlovning birinchi yarim finali yakunlariga ko‘ra finalga yo‘llanma olishga muvaffaq bo‘lgan. Lazarev “You Are the Only One” qo‘shig‘ini ijro etdi. Ushbu qo‘shiq “Yevrovideniye” boshlangunga qadar ham Yevropa chartlarida mashhurlikka erishgan edi. 

Lazerevdan tashqari Ozarbayjon, Niderlandiya, Vengriya, Xorvatiya, Avstriya, Armaniston, Chexiya, Kipr va Malta vakillari “Yevrovideniye” finaliga yo‘l oldi.

Top