07:42 / 11.05.2016
2828

Tramp G‘arbiy Virginiya va Nebraska shtatlaridagi praymerizlarda g‘olib bo‘ldi

Donald Tramp raqiblari prezidentlik poygasidan chiqib ketgan holatda AQShning G‘arbiy Virginiya va Nebraska shtatlarida o‘tgan praymerizlarda g‘olib bo‘ldi. Bu haqda AQSh OAViga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Praymerizning dastlabki natijalari saylov uchastkalari yopilgandan keyinoq paydo bo‘ldi. Bu natijalar haqda AQShning yetakchi OAVi, jumladan CNN, NBC televompaniyalari, Fox News telekanali, Associated Press agentligi ma'lum qildilar. Bu OAVga saylov qo‘mitalari va mahalliy hokimiyat idoralaridan ma'lumotoarp kelib tushadi.

G‘arbiy Virginiyadagi hisob-kitoblarga ko‘ra, Tramp 75 foiz, Nebraskada esa taxminan 60 foizdan ko‘proq ovoz to‘pladi.

Ikkala shtatdagi natijalarga asosan 70 nafar delegatning ovozi taqsimlanadi. Hozircha ulardan 36 nafarining oqozini ishonch bilan Tramp hisobiga yozib qo‘ysa bo‘ladi.

Shuningdek, shu shtatlarda demokratlardan Berni Sanders yetakchilik qilmoqda. Biroq hozircha bu borada aniq ma'lumotlar yo‘q hamda OAV va mutaxassislarning fikrlari turlicha bo‘lmoqda.

Top