19:27 / 12.05.2016
6621

Birinchi chorakda Rossiyaga 1 milliard dollarlik yengil mashinalar import qilindi

Joriy yilning birinchi choragida Rossiyaga yengil avtomobillarning importi o‘tgan yilning xuddi shu paytidagiga qaraganda 45,7 foizga, 52,7 ming mashinagacha tushib ketdi. Bu haqida Federal bojxona xizmati ma'lum qilgan

Hisobot davrida Rossiyaga 1,017 dollarlik avtomobillar olib kirilgan. Uzoq xorij mamlakatlaridan 987,5 million dollarga 51,2 ming mashina, MDH davlatlaridan - 1,5 ming avtomobil import qilingan. 

Yuk mashinalarining importi yanvar-mart oyida umumiy qiymati 158,8 million bo‘lgan 3,4 mingni (-38,2 foiz) tashkil qildi. Ulardan 69,1 million dollarlik 2,7 ming yuk mashinalari uzoq xorijdan keltirilgan, 89,6 million dollarlik qolgan 600 mashina - MDH davlatlaridan.

Rossiyadan yengil avtomashina eksporti 2016 yilning uch oyida umumiy hajmi 220 million dollarlik 16,9 (-22,8 foiz) mingni tashkil etadi. Uzoq xorij mamlakatlariga 119,4 million dollarlik 4,1 ming mashina, MDH mamlakatlariga - 100,6 millionlik 12,8 ming avto jo‘natilgan. 

Yuk mashinalari eksporti 21,9 foizga qisqarib, 2,5 ming mashinani tashkil qildi. Uzoq xorij mamlakatlariga 52,9 million dollarlik 1,6 ming fura, MDH davlatlariga - 16 million dollarlik 900ta yuk mashinasi jo‘natilgan.

Top