10:59 / 12.05.2016
58228

Davron Kabulov may oxirida uylanmoqda

“Million” jamoasi vakillaridan biri, teleboshlovchi Davron Kabulov 23 may kuni uylanmoqda. Bu haqda boshlovchining o‘zi ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali muxlislarga ma'lum qildi. Muxlislar Davron Kabulov joylashtirgan va ostida:  “Tez orada baxt”, deya yozib qo‘ygan surat ostiga o‘zlarining tabrik va samimiy tilaklarini yozib qoldirishgan.

Davron Kabulov 1987 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Tomoshabinlar uni “Sport” telekanalining “Xabarlar” dasturi, shuningdek, QVZ va “Million” jamoasi konsert dasturlaridagi chiqishlari orqali yaxshi taniydi.

Top