14:59 / 12.05.2016
3113

Frank de Bur "Ayaks" jamoasi bosh murabbiyligidan iste'foga chiqdi

Frank de Bur 6 yillik faoliyatdan keyin Niderlandiyaning "Ayaks" jamoasi bosh murabbiyligi lavozimini tark etdi. Bu haqda amsterdamliklar jamoasi rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Bundan oldinroq, jamoa bilan qatorasiga to‘rt marta (2011-14 yillar mavsumi) mamlakat chempioniga aylangan De Bur Angliyaning "Everton" jamoasida ish boshlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

"Men nimadir yangi ish qilish kerakligini anglab yetdim", degan 45 yoshli mutaxassis "Ayaks" jamoasi saytiga bergan intervyusida.

Poytaxt klubi mavsumning oxirgi turida "De Grafsxap" jamoasi bilan durang o‘ynadi va mavsum chempionligini PSV jamoasiga boy berdi.

De Burning o‘rnini "Ayaks"da Piter Bosh egallashi kutilmoqda. "Vitess"ning sobiq bosh murabbiyi hozirda Tel-Avivning "Makkabi" jamoasini boshqarmoqda.

Top