11:15 / 12.05.2016
3859

Kann kinofestivalini Vudi Allenning filmi ochib berdi

11 may kuni Fransiyada 69-Kann festivali ochildi.

Taqdimotni Vudi Allenning “Chiroyli odamlar” deb nomlangan filmi ochib berdi. Kartina voqeasi 30-yillarda sodir bo‘lib, unda yosh bir yigit Gollivudni zabt etgani yo‘lga tushadi. Filmda Jyessi Ayzenberg, Kirsten Styuart, Stiv Karrel va boshqalar suratga tushgan. Bu Allenning festivalni ochib berayotgan to‘rtinchi filmidir.

Asosiy taqdimotda 20 ta film qo‘yilgan. Bular: Jan-Per va Lyuk Dardenlarning “Notanish”, Pedro Almodovarning “Juletta”, Ksave Dolanning “Bu shunchaki oxir zamon”, Olive Assayasning “Personal xaridor”, Bryuno Dyumonning  “Tinch oqimda”, Jim Jarmushning "Paterson", Nikol Garsianing “Tosh kasalligi”, Alen Girodining “O‘jarligingcha qol”, Kleber Medonich Filxoning “Qovg‘a”, Ken Louchning “Men Deniel Bleykman", Briyante Mendozaning "Ma'Rosa", Kristian Mundjiuning “Oilaviy fotosurat”, Jyeff Nikolsning "Laving", Park Chxan Ukning “Xixmatkor qiz”, Shon Penning “So‘nggi chehra”, Kristi Puyuning "Serranevada", Pol Verxovenning “U”, Nikolas Vinding Refnning "Neonli shayton", Andrea Arnoldning "Amerikancha asal" hamda Mariyen Edning "Toni Erdman" filmlaridir.

Top