12:05 / 12.05.2016
4789

Kerri bolaligida xalqaro nizoga sabab bo‘lishiga bir baxya qolganini so‘zlab berdi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Oksford talabalar uyushmasida so‘zga chiqar ekan, bolaligidagi sho‘xligi sabab “xalqaro nizo” keltirib chiqishiga bir baxya qolgani to‘g‘risida so‘zlab berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatgan. 

Kerrining aytishicha, uning otasi Berlinda AQSh diplomatik missiyasi xizmatini o‘tayotgan paytda u “Sharq hamda G‘arb o‘rtasidagi keskin munosabatlarga oid darslarni o‘zlashtirgan”. 

U o‘zining velosipedida ruxsatsiz “kommunistik sektor” – (Berlinning bir qismi G‘arbda shunday atalardi - tahririyat), Germaniya Demokratik Respublikasining poytaxti joylashgan yerga borgan. 

“Lekin mening otam tezda menga bu harakatim xalqaro nizoga sabab bo‘lishi mumkinligini tushuntirib qo‘ygan”, - dedi Kerri.

Top