10:38 / 12.05.2016
2549

Tunisda terrorchi hujumi oqibatida 4 nafar harbiy halok bo‘ldi

Tunis janubidagi Tatavin viloyatida 11 may kuni o‘tkazilgan aksilterror amaliyoti chog‘ida to‘rt nafar politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat IIV ma'lumotiga asoslanib, Reyter agentligi xabar berdi.

IIV ma'lumotlariga ko‘ra, huquq-tartibot xodimlari viloyat aholi punktlaridan biridagi kimsasiz uylarda joylashib olgan bir necha ekstremistlarga qarshi operatsiyaga kirishganida jangarilardan biri o‘zini portlatib yuborgan va natijada Tunis milliy gvardiyasining ikki zobiti hamda ikki askari halok bo‘lgan.

Otishma vaqtida yana bir jangari yo‘q qilingan.

Top