08:08 / 13.05.2016
7396

"Yevrovideniye-2016" tanlovi finalining barcha ishtirokchilari ma'lum bo‘ldi

Stokgolmda "Yevrovideniye-2016" musiqiy tanlovi ikkinchi yarimfinali nihoyasiga yetdi. Unda tanlovning finalida ishtirok etadigan yana 10 ishtirokchi aniqlandi.

Yarimfinal natijalariga ko‘ra, 14 may kuni "Globen" sport-konsert majmuasi sahnasiga yana bir marotaba chiqish baxtiga Avstraliya, Belgiya, Bolgariya, Gruziya, Isroil, Latviya, Litva, Polsha, Serbiya va Ukraina vakillari muyassar bo‘ldilar.

Birinchi yarimfinal 10 may kuni bo‘lib o‘tgandi. Uning natijalariga ko‘ra, finalga Avstriya, Ozarbayjon, Armaniston, Vengriya, Kipr, Malta, Niderlandiya, Rossiya, Xorvatiya va Chexiya vakillari yo‘l olgandilar.

Top