19:12 / 13.05.2016
19312

Italiya davlat qarzi tarixiy rekordni qayd etdi

Italiya davlat qarzi hajmi mart oyida rekord natijani qayd etdi va tarixiy maksimumga yetdi – 2,228 trillion yevro. Bu haqda davlat Markaziy Bank ma'lumotlariga tanyanib RIA Novosti xabar qildi

O‘tgan yili salbiy rekord may oyida o‘rnatilgan edi (2,218 trillion yevro).

Davlatning qarz yuklamasi fevral oyi bilan taqqoslaganda birdan 14 milliard yevroga ko‘tarildi.

Yevropa Ittifoqi statistika agentligi ma'lumotiga ko‘ra, 2015 yil oxirida Italiya davlat qarzi mamlakat ichki yalpi mahsulotining 132,7 foizini tashkil etdi.

Top