14:57 / 13.05.2016
2841

Kurd jangarilari bilan to‘qnashuvlar tufayli turkiyalik 8 nafar harbiy halok bo‘ldi

Kurdiston ishchilar partiyasi vakillari bilan bo‘lgan to‘qnashuvlar natijasida Turkiya armiyasining 8 nafar harbiysi halok bo‘lgan. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, to‘qnashuvlar mamlakat janubi-sharqidagi Xakkari viloyati hududida ro‘y bergan.

Bundan oldinroq Xakkari viloyati hududida Turkiya Harbiy havo kuchlari tarkibidagi vertolyot qulab tushgani va uning 2 uchuvchisi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Top