16:22 / 13.05.2016
3299

«Manchester Siti» N‘Golo Kanteni sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda 

Angliyaning «Manchester Siti» klubi «Lester» yarimhimoyachisi N‘Golo Kantening vakillari bilan futbolchi transferi borasida muzokara olib borishmoqda. Bu haqda L'Equipe nashri xabar tarqatdi

Manba xabariga ko‘ra, yozda jamoani qabul qilib oladigan Xosep Gvardiolaning shaxsan o‘zi Kantening jamoaga olib kelinishi istamoqda. 

Qayd qilinishicha, «shaharliklar» transferlar oynasi ochilgan paytdayoq fransuz futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olish harakatida. Biroq futbolchining o‘zi oldinroq unga 25 mln yevro berishga tayyor bo‘lgan «Arsenal»ga o‘tishni ko‘proq istamoqda. 

Ma'lumot uchun, Kante joriy mavsumda premer-liganing 36 uchrashuvida maydonga chiqib 1 gol va 4 golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Top