10:22 / 13.05.2016
3129

Meksika bo‘g‘ozidagi neft platformasida neft sizib ketdi

Meksika bo‘g‘ozidagi neft sizishi ro‘y berdi va sizib chiqqan neft 337,8 ming kubometrdan ortiq maydonni qamradi. Bu haqda AQSh qirg‘oq mudofaasi saytida xabar qilingan.

Aniqlik kiritilishicha, neft sizishi Luiziana shtati tarkibidagi Timbaler oroli janubidan 144,8 km masofada qayd etilgan.

Bu hodisa Royal Dutch Shell kompaniyasiga tegishli 4ta neft qudug‘ini bir-biriga bog‘lovchi quvurda ro‘y bergan.

«Bizga bu muammo bartaraf etilgani haqida xabar kelib tushdi», — deya ma'lum qilingan harbiy xizmat xabarida.

Royal Dutch Shell xodimlari hodisa oqibatlarini bartaraf etishga kirishgan. Sohilbo‘yi xizmati vertolyotlar orqali vaziyatni nazorat qilgan, hududga maxsus guruhlar yuborilgan.

Top