16:28 / 13.05.2016
5388

Nuqsonli meduzalar irsiy kasalliklarni davolashda yordam berishi mumkin

Rossiya, AQSh, Chexiya, Isroil va ispaniyalik olimlar birinchi marta birgina oqsil molekulasida ko‘plab mutatsiyalarning o‘zaro mutanosibligini o‘rganishga muvaffaq bo‘lishdi, deyiladi RAN bioorganik kimyo institutining press-relizida. Buning uchun, olimlar Aequorea Victoria meduzasidagi o‘n mingga yaqin yashil florasan oqsilining mutantlarini o‘rganib chiqishdi. Mazkur tadqiqot oqsil evolyutsiyasi mexanizmini aniqlashga yordam berdi. Natijalar Nature juranlida chop etildi.

Olimlar bir vaqtning o‘zida birgina oqsilning o‘n minglab mutantlari funksionalligini aniqlash yo‘lini o‘ylab topishdi va ulardan genda boshqa mutatsiyalar mavjud bo‘lganida yashil florasan oqsil yarqinligiga mutatsiyaning ta'siri qanday bo‘lishini kuzatish uchun foydalanishdi. Tadqiqotchilar yuqori nuqtada hayvonlarning irsiyatidan kelib chiqib, ularni moslashuvchanligini ko‘rsatuvchi evolyutsion landshaftni o‘rganib chiqishdi.

Yaqin kunlarga qadar ilmiy metodlar evolyutsion landshaftlarga doir yetarli darajadagi tadqiqiy ma'lumotlarni qo‘lga kiritishga yordam bermagan edi. Mutantlarning funksionalligini o‘lchash uchun olimlar mutant genlarni Escherichia coli bakteriyalari hujayrasida ishlashga majburlashdi, keyin esa ularning florasan yorqinligi bo‘yicha hujayralarni ajratib chiqishdi. Har bir naychadagi mutant genlar ko‘chirmasi va davomiy tahlillar fluorestsentsiya yorqinligini solishtirishga imkon berdi. 

Molekulyar biologlar har to‘rtinchi mutatsiya neytral, qolganlari esa oqsil faolligiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotganini aniqlashdi. Bu vaziyatda mutatsiyalar qanday ta'sir ko‘rsatishi va qay holatda joylashganidan qat'i nazar oqsil harakatdan to‘xtab qoladi. 

Mutatsiyalarning o‘zaro ta'siri fan bilan bog‘liq sohalarda juda katta ahamiyatga ega.  Zamonaviy tibbiyot genetikasining muhim vazifalaridan biri irsiyatga bog‘liq kasalliklar, masalan, yurak-qon tomir tizimining ishdan chiqishini o‘rganishdir.
 

Top