20:27 / 13.05.2016
6024

OAV: FIFA bosh kotibi birinchi marta ayol kishi bo‘lishi kutilmoqda

13 may kuni Xalqaro futbolning federatsiyasining (FIFA) bosh kotibi lavozimini egallaydigan amaldor nomi ma'lum qilinadi. TASS agentlining AFP ma'lumotiga asoslanib xabar berishicha, bu lavozimni tarixda ilk marta ayol kishi egallashi kutilmoqda.

"Bosh kotibning ismi 13 may kuni e'lon qilinadi, bu lavozimni ayol kishi egallashi mumkin va u yevropalik bo‘lmaydi", deyilgan manbada.

Ayni vaqtda Markus Kattner FIFA bosh kotibi sifatida vaqtinchalik  faoliyat yuritmoqda. U o‘tgan yil oxirida futboldagi faoliyatdan 12 yilga chetlashtirilgan Jyerom Valkening o‘rnini egallagandi.

Valke FIFA Axloq kodeksining 7ta punktini buzishda ayblangan.

Top