11:54 / 13.05.2016
4680

Ronaldu MARCA Facebook Football Awards mukofotini qo‘lga kiritdi

“Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 2015/16 yillar mavsumidagi eng qimmat futbolchisi deb topildi va MARCA Facebook Football Awards mukofotini qo‘lga kiritdi. 

Marca gazetasi “Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘i orqali so‘rovnoma o‘tqazib, unda “eng yaxshi o‘yinchi”, “eng yaxshi hujumchi”, “eng qimmat futbolchi”, “eng yaxshi murabbiy” va bir qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarni aniqladi. Unda 191 mamlakatdan 1,2 mln kishi qatnashdi. Yakunga ko‘ra, Ronaldu “eng yaxshi futbolchi”, “eng yaxshi hujumchi” yo‘nalishlarida g‘olib bo‘ldi. Portugaliyalik futbolchi bu borada “Barselona”lik futbolchilar Lio Messi va Luis Suaresni ortda qoldirgan. 

Mavsumning eng yaxshi murabbiy sifatida “Atletiko” murabbiyi Diyego Simeone, deb topilgan. Bundan tashqari, o‘z o‘rnida eng yaxshilar deb Luka Modrich, Keylor Navas va himoyachi Marselo Juniorlar e'tirof etilgan.

Eslatib o‘tamiz, MARCA Facebook Awards mukofoti Ispaniyada ilk bor o‘tkazilmoqda.

Top