15:59 / 13.05.2016
4994

Toyota Tundra pikapida million mil bosib o‘tgan amerikalikka yangi mashina sovg‘a qilishdi

Toyota avtokompaniyasi AQShda yashovchi kishiga 1 million mil bosib o‘tgan eski Tundra pikapi o‘rniga xuddi shunday mashinaning yangisini sovg‘a qildi. Bu haqida Carscoops nashri ma'lum qildi. 

Portalning xabar berishicha, Viktor Shepard 2007 yilda kundalik ishga qatnash uchun Toyota Tundra pikapini xarid qilgan, o‘tgan to‘qqiz yil ichida u avtomobilda 1 million milni bosib o‘tgan. Bu davr mobaynida mashina 100dan ortiq marta servisga rejali texnik xizmat va mayda ta'mirlash ishlari bo‘yicha murojaat qilgan, lekin pikapning asosiy agregatlari avvalgidek almashtirishni talab qilmaydi. 

Kompaniyaning Amerikadagi ofisi Shepardga yangi Toyota Tundra avtomobilini sovg‘a qildi, eskisini esa qaytarib oldi: muhandislar mashinani ko‘rib chiqib, uning agregatlari holatini o‘rganib chiqishadi.

Top