15:19 / 13.05.2016
7627

Video: Fors ko‘rfazining "O‘rgimchak odami"

Fors ko‘rfazi hududida istiqomat qiluvchi kishi tomoshabinlar uni "Ko‘rfaz O‘rgimchak-odami" deb atashlari uchun ikki qavatli uyning tepasiga 19 soniyada o‘rmalab chiqqani tasvirga olindi.

Mahalliy nashrlarda va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan YouTube tarmog‘idagi videorolikda arablarning an'anaviy "dishdash" libosi va "amoma" bosh kiyimini kiygan kishi uyning tepa qismiga chiqish uchun quruq qo‘llaridan foydalanganini ko‘rish mumkin. 

"Bu Ko‘rfaz O‘rgimchak odami", dedi bir tomoshabin.

"Agar u bu ko‘nikmalarini o‘g‘rilikda qo‘llasa, ustasi farang o‘g‘ri bo‘lishi mumkin", - deb hazillashdi boshqasi. 

Nashrlarda ushbu kishining Fors ko‘rfazi hududidagi qaysi mamlakatidan ekanligi ma'lum qilinmagan.

Top