17:47 / 13.05.2016
8915

Juliya Roberts Kann festivali qizil gilamidan oyoq yalang holda o‘tdi

Hollivud aktrisasi Juliya Roberts Kann kinofestivali qizil yo‘lagidan yalang oyoq o‘tdi. Bu haqda USA Today xabar qildi.

U namoyishga 12 may kuni Jorj Kluni hamrohligida o‘zi ishtirokidagi “Moliyaviy maxluq” filmini taqdim etish uchun keldi. Uning egnida qora klassik oqshom ko‘ylagi bo‘lgan. 

Nashr xabariga ko‘ra, Kruazzetdagi festivallar va kongresslar Saroyi zinasiga kelganda aktrisa tuflisini yechib, zinadan ko‘tarilgan. Xizmatchilardan biri tuflini olib zinaning yuqorisiga olib chiqib bergan. 

Aktrisa o‘z harakatiga izoh bermadi. 

Nashr taxminiga ko‘ra, Roberts shunchaki baland poshnadan ko‘tarilishdan qo‘rqqan. Chunki ko‘pchilik mehmonlar aynan shu yerda qoqilib yiqilgan.

Top