20:19 / 14.05.2016
4174

Xemilton "Formula-1"ning Ispaniya Gran-prisi kvalifikatsiyasini yutdi

"Formula-1" avtopoygasida Mercedes jamoasi uchun ishtirok etuvchi britaniyalik poygachi Lis Xemilton Ispaniya Gran-prisi kvalifikatsiyasini yutdi. 

Xemilton 1 daqiqa 22,000 soniyalik natijani ko‘rsatdi. 2-o‘rinni uning jamoadoshi Niko Rosberg egalladi. 3-natijani Red Bull poygachisi Daniel Rikkardo ko‘rsatdi. Toro Rosso jamoasiga o‘tkazilgan rossiyalik Daniil Kvyat 13-natijani ko‘rsatdi.

E'tiborlisi, Red Bull’da Kvyatning o‘rnini egallagan gollandiyalik Maks Ferstappen 4-natijani ko‘rsatdi.

Asosiy poyga 15 mayda bo‘lib o‘tadi.

Umumiy hisobda Rosberg yetakchilik qilmoqda, uning hisobida 100 ochko bor. Xemilton 2-o‘rinni (57 ochko), 3-o‘rinni Kimi Raykkonen (43 ochko) egallamoqda.

Top