19:39 / 14.05.2016
8320
Moskva politsiyasi Xovan qabristonida yuz bergan janjalning 50 nafar ishtirokchisini qo‘lga olgan

Moskva shahar politsiyasi Xovan qabristonida amalga oshirgan tinchlantirish amaliyotida 50 nafar bezorini qo‘lga olgan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

«Politsiyaning so‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, hodisada avval xabar qilinganidek, 400 nafar emas, balki ikki yuzga yaqin odam qatnashgan, ularning 50 nafari qo‘lga olingan, 10 kishi jabrlangan, shulardan ikki kishi hayotdan ko‘z yumgan», —deyilgan Shahar IIBB xabarida. 

Tergov qo‘mitasi otishma chog‘ida 2 kishining halok bo‘lgani to‘g‘risidagi xabarni tasdiqlagan. 

Shu bilan birga, huquq-tartibot organidagi manba, politsiya safida ham qurbon bo‘lgani to‘g‘risidagi xabarni rad etgan. 

Bundan avval, Moskvaning Xovan qabristonida yuz bergan to‘polonning otishmaga aylanishi oqibatida bir necha kishi o‘lgani xabar qilingan edi.

Top