15:31 / 14.05.2016
15715

Nyu-Yorkdagi vizajist ayol to‘lg‘oq vaqtida pardoz qildi

Nyu-Yorkda istiqomat qiluvchi Alaxa Madjid tug‘ruqqa otlanayotib, odatda bo‘lajak onalar uchun kerakli buyumlar bilan birgalikda 35 xil rangli ko‘z uchun ten, kontur qalamlar, ulama kiprik va boshqa kerakli vositalarni sumkasiga soldi.

To‘lg‘oq vaqtida pardoz qilib olgan Alaxa Majid o‘zi dunyoga keltirgan qizi bilan chiroyli va maftunkor qiyofada uchrashdi.

27 yoshli tajribali vizajist (pardozchi) Alaxa Madjid  o‘z ishiga  mukkasidan ketganligi bois, hayotidagi muhim daqiqalarda ham pardoz qilib, maftunkor ko‘rinishni istaganligi ajablanarli hol emas.

 

Alaxa tug‘uruq o‘rindig‘iga joylashib olib, jasorat bilan yuziga kosmetik vositalarini surdi va ushbu jarayonni instagramdagi o‘z sahifasi orqali joylashtirishni ham unutmadi.

Suratlarning birida to‘lg‘oqning naqadar og‘riqli kechganligi, bo‘lajak onaning azob chekayotib ham pardoz qilishga uringani, to‘lg‘oq zo‘ridan pardozni oxiriga yetkazish vazifasini Alaxaning turmush o‘rtog‘i o‘z zimmasiga olganligini ko‘rish mumkin. 

Alaxa qizalog‘i Sofiya Alayya Karimiyni kechgi soat 19:00da, ana shunday noodatiy tarzda dunyoga keltirdi. 

O‘zining ma'lum qilishicha, tug‘ruq vaqtida sevimli mashg‘uloti bilan shug‘ullanganligi uning to‘lg‘oq azobidan chalg‘ishiga yordam bergan.

Suratdan ko‘rinib turibdiki, garchand Alaxa birinchi farzandini dunyoga keltirgan bo‘lsa-da, pardozning pishiqligidan yuzida to‘lg‘oq azoblari sezilmagan.

 

Mavzuga oid
Top