10:27 / 14.05.2016
3515

Terri: “Chelsi”ning shartnomamni uzaytirish haqidagi taklifini o‘ylab ko‘raman”

Bir yilga shartnomasini uzaytirish taklifini olgan “Chelsi” jamoasining kapitani Jon Terri agar klub bilan qoladigan bo‘lsa, uning klubdagi yangi roli o‘zgacha ko‘rinish kasb etishini ma'lum qildi.

«Tilaklar uchun barchaga tashakkur. Shartnomamni uzaytirish haqidagi taklif meni klubdagi rolimni o‘zgacha ko‘rinishga olib keladi.

O‘ylaymanki, meni to‘g‘ri tushunishadi. Chunki men bu taklifni yaxshilab o‘ylab ko‘rishim kerak», — deb yozdi Terri o‘zining Instagram’dagi sahifasida.

Top