17:31 / 14.05.2016
4921

O‘zbekiston TIVda Qozog‘iston elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2016 yil 13 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qozog‘iston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerik Utembayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarining hamda O‘zbekistonning ShHTga raisligi doirasidagi bo‘lajak tadbirlarda Qozog‘iston delegatsiyasi ishtirokining amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Top